rus     eng     o'zb  
 
 
Sayt xaritasi Aloqa RSS
 
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGI
 
 
Bosh sahifa
Yangiliklar
Biz haqimizda
Komissiyalar, kengashlar, qomitalar
Litsenziyalash
Me`yoriy baza
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
Qo`shimcha interaktiv xizmatlar
Malakaviy talablar
Tenderlar
Tanlovlar
Tadbirlar
Avtotransport xizmati fakt va raqamlarda
Xalqaro munosabatlar
uForum




AGENTLIK HAQIDA

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 11 iyuldagi 296-sonli qarori bilan tashkil etilgan O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobil va daryo transporti sohasini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi davlat boshqaruv organidir.

Agentlikning vazifalari va vakolatlari yuqorida qayd etilgan qaror, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish to`g`risida”gi 2871-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 iyundagi “Avtomobil transporti sohasida boshqaruvning tashkiliy tizimini takomillashtirish    chora-tadbirlari to`g`risida”gi 245-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 martdagi “O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 118-sonli qarori hamda boshqa qator hukumat qarorlari bilan belgilab berilgan. 

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining asosiy vazifalari:
  • avtomobil va daryo transportida yuk va yo`lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo`yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini ta`minlash;
  • iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yo`lovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalg oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta`minlash;
  • avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini o`tkazish;
  • avtomobil va daryo transportida yuk va yo`lovchilar tashishni litsenziyalashni tashkil etish, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;
  • avtomobil va daryo transportida kadrlarni o`qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
  • mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga safarbarlik paytida va favqulodda vaziyatlarda avtomobil transporti maxsus bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda ko`maklashish.


 YANGILIKLAR

16 May 2012 20:34
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan harakat xavfsizligi oyligi kunlarida Namangan viloyatida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil chiroq-2012” ko‘rik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.



08 May 2012 20:47
Samarqand viloyatida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun bepul avtobus va yo‘nalishli taksi xizmati ko‘rsatilishi joriy etildi.

08 May 2012 17:24
O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida Agentlikning 2012-yil yanvar — mart oylari ish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.



Sayt bo`yicha qidirish:



 
 

© O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, 2012

UZINFOCOM èøëàíìàñè, Sayt boshqaruv tizimi MANAGER   DATACENTER UZINFOCOM